05 iyu 16:11
Yangiliklar
Slalomda eshkak eshish. Toshkent dengizida o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi
Slalomda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari bu yil turli xalqaro musobaqalar, jumladan Jakartadagi Osiyo o'yinlari, shuningdek, Buenos-Ayresda o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadilar. 1972 yilda Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan ushbu ekstremal sport turi muhim musobaqalarda terma jamoamiz hisobiga medallar taqdim etishi kutilmoqda.
Musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari belgilangan reja va xalqaro meyorlar doirasida amalga oshirilmoqda.
Murabbiylar SHoxruxmirzo SHamsiboev va Oybek Turg'unovlar boshchiligidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlaridan tanlab olingan 18 nafar yosh sportchi ishtirok etmoqda. Toshkent dengizi bazasidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari 27 iyunga qadar davom etadi.
Fikrlar