08 jan 10:14
Yangiliklar
Futbol

Sobiq "Barselona" murabbiyi Meksika terma jamoasini boshqaradi
Meksika terma jamoasini Xerardo Martino boshqaradigan bo'ldi.
Argentinalik mutaxassis bilan shartnoma shartlari oshkor qilinmagan. Meksika termasi murrabbiylik postiga Martino, JCH-2018 nimchorak finalda Braziliyaga yutqazgandan (0:2) keyin istefoga chiqarilgan Xuan Karlos Osorioning o'rniga olib kelindi.
56 yoshli Martinoning avvalgi jamoasi, u bilan MLS kubogida g'alaba qozongan "Atlanta Yunayted" klubi bo'lgan. Bungacha, Xerardo Martino "Barselona"(2013-2014) va Argentina (2014-2016) jamoalarini boshqargan edi.
Havola :
Fikrlar