17 noy 16:22
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Sobiq bokschi: "Rio Ferdinandga qarshi jang sabab ringga qaytishga tayyorman"
Sobiq jahon chempioni Rikki Xatton "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand bilan jang qilish uchun ringga qaytishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.
39 yoshli Ferdinand avvalroq o'zini professional boksda sinab ko'rish istagi borligini aytib o'tgandi. Gap shundaki, Xatton MYUning principial raqibi "Manchester Siti" muxlisi hisoblanadi.
"Rio - ajoyib yigit va boksning ashaddiy ishqibozi. U agar boksga jiddiy yondoshmaganida bu ishni qilib o'tirmasdi. Men unga qarshi jang qilish uchun qaytishga tayyorman", - dedi 39 yoshli Xatton.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar