So’nggi yangiliklar

10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0

22 iyu 15:39
Yangiliklar

Futbol

Sobiq futbolchi 2 milliard so'mga stadion tamirlamoqchi

"Neftchi", "Nasaf" va O'zbekiston terma jamoalarida o'ynagan sobiq darvozabon G'ayrat Hasanov "O'zbekiston" telekanalida efirga uzatilgan "Munosabat" ko'rsatuvida o'zi yashaydigan hududdagi stadionni tamirlash maqsadida ekanligini aytdi.


"Futbol maktabi va Farg'ona davlat universiteti bitiruvchisi hisoblanaman. Professional darajada futbol bilan shug'ullanganman. Faoliyatim davomida "Neftchi", "Nasaf" va O'zbekiston terma jamoasida to'p tepganman. Kerakli bilim va tajribaga ega bo'ldim. Mablag' yig'dim. Yaypan shahar, O'zbekiston tumanimizda 70 yillarda qurilgan stadion bor. Ayni damda stadion qarovsiz ahvolda.Yuzlab bolalar har kuni o'sha erda shug'llanishadi. Hokimiyatga murojaat qilib, stadionni tamirlash uchun 2 mlrd. so'm investitciya kiritmoqchiligimni malum qildim. Bu mablag'ni futbolchilik faoliyatim davomida to'plaganman, buning ustiga do'stlarim ham bor.

Kelajakda mana bunday sport majmuasini yaratmoqchiman. Hokimimizni oldiga kirsak, kimsan, qaerdan kelding, malumoting qanday deb so'ramadilar. Masalan, faoliyatim davomida ko'plab mamlakatlarga borganman va u erdagi arenalardan andoza oldim. Maqsadim bolalar sportini rivojlantirish, ularning bo'sh vaqtini samarali o'tkazish.

Oktyabr oyida Farg'ona viloyati hokimi sayyor qabulida bo'ldim. U kishi menga mablag'ni qaerdan olasan deb so'radilar. O'z mablag'larim evaziga ushbu ishni bajarmoqchiligimni va 30dan ortiq ish o'rni yaratmoqchi ekanligimni aytdim. CHunki bu stadionga murabbiylar kerak.

10 yil ichida Osiyo yoki jahon miqiyosida birorta futbolchi tarbiyalay olsak, O'zbekiston tumanimizning iqtisodiyotiga katta yordam bergan bo'ladi. Masalan, o'sha futbolchi yiliga 3 mln. dollar topsa, bu mablag' evaziga zavod, fabrikalar qurish mumkin. Biznes bu faqat tikuvchilik yoki savdo-sotiq emas. Bolalar esa nazoratsiz qolmaydi" - deydi G'ayrat Hasanov.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
23 iyu 14:49:20
Sher
Хакикий ватанпарвар !!! Ниятизга етинг !
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing