22 mar 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq mutlaq jahon chempioni ertangi jang oldidan raqibidan 100 gramm engil tosh bosdi
Ertaga Avstraliyaning Sidney shahrida katta professional boks turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos avstraliyalik Jeyk Uilliga qarshi ringga ko'tariladi. Ertangi jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi.
Ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi:
Jorj Kambosos — 63,2 kg;
Jeyk Uilli — 63,3 kg.
SHuningdek, turnir doirasida chechenistonlik nokautchi, yarimog'ir vazn toifasi vakili, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Imam Xataev ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Xataev argentinalik Durval Palasioga qarshi ringga chiqadi.
Bu ikki bokschi ham vazn meyorini uddalashdi:
Imam Xataev — 79,8 kg;
Durval Palasio — 79,9 kg.
Havola :
Fikrlar