27 mar 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA, Muaytay
Sobiq UFC chempioni boshqa ligada jang o'tkazdi
Singapurda aralash qoidalar bo'yicha One Championship One X turniri bo'lib o'tdi.
Sobiq UFC chempioni Demetrius Jonson tailandlik mashhur muay-tay ustasi Rodtanga Jitmuangnonga qarshi jang o'tkazdi. Reglamentga ko'ra birinchi raundda jangchilar faqat muay-tay yo'nalishida harakat qilishdi.
Kutilganidek, ushbu raundda tailandlik muay-tay yulduzi ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda esa hammasi joyiga tushdi. Aralash qoidalar bilan davom etgan jangda Jonson raqibini bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Referi Olive Kosta ikkinchi raundning 2:13 daqiqasida jangni to'xtatdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar