02 fev 14:45
Yangiliklar
Boks/MMA, Boshqalar
Sobiq UFC chempioni ikkinchi marotaba dopingga tushdi
Aralash qoidalar bo'yicha sobiq UFC chempioni Anderson Silva ikkinchi marotaba doping nazoratidan o'ta olmadi.
Braziliyalik sportchidan doping uchun olingan tahlil ijobiy natija bergan. Uning qon tarkibidan taqiqlangan metiltestosteron moddasi aniqlangan. Buning natijasida 42 yoshli Silva kamida 4 yilga diskvalifikaciya qilinadi.
Anderson ilk bor 2015 yilning noyabrida dopingga tushib
qolgandi. O'shanda u Kevin Gastelumga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Silva UFC
turnirlarida 42ta jang o'tkazib, 34ta g'alabaga erishgan. Muddatidan avval nokaut
evaziga erishilgan g'alabalari soni 28tani tashkil etadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar