27 apr 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC jangchisi 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Aralash yakkakurash ustasi Petro Menga uyushgan jinoiy guruhda azosi bo'lgani uchun 15 yil, 5 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
37 yoshli jangchini 2024 yilning yanvar oyida Buyuk Britaniyadagi Manchester policiyasi uni giyohvand moddalar va qurol-yarog' savdosi ishida asosiy shaxs sifatida aniqlagandi. Malum qilinishicha, sportchi o'z aybiga iqror bo'lgan.
Menga 2017 yilda UFC jangchisiga aylangan bo'lsa-da, ushbu Ligada biror marotaba jang qilmadi. Sportchi amerikalik Tim Elliottga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq u vazn toifasidagi limitni bajara olmadi, shu sababli bellashuv bekor qilindi. SHundan so'ng, Petro UFC'ni tark etdi.
Havola :
Manba : Sky News
Fikrlar