05 sen 10:53
Yangiliklar
Futbol
Sofascore. SHomurodov eng zo'ri. Fayzullaev esa...
Kecha Turkiya Superligasining 4-turi doirasidagi "Istanbul Bashakshehir" - "Galatasaroy" (2:3) bahsi bo'lib o'tdi.
Mezbonlar safida Eldor SHomurodov va Abbosbek Fayzullaev ilk daqiqalardan maydonda harakat qilishdi. Bahsning 66-daqiqasida Eldor SHomurodov Abbosbek Fayzullaev tomonidan ishlangan penaltini golga aylantirdi.
Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun Eldor SHomurodovga 7,4 baho qo'ydi va bu ko'rsatkich mezbon futbolchilari orasidagi eng kattasi bo'ldi. Abbosbek Fayzullaev esa 6,9 bahoga loyiq ko'rildi.

Havola :
Fikrlar