01 fev 12:05
Yangiliklar
Sofia European Open 2026. Bugun 8 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Biz uchun ahamiyatlisi, bugun terma jamoamizning 8 nafar azosi musobaqa medallari hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi.
Bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadigan saralash bellashuvlarida Laziza Haydarova, Fotimaxon Tursunboeva, Ulbusin Hakimova, Sevinch Murodova, Sita Kadambaeva, Muhayyo Axmatova, So'g'diyona Rafkatova va Rayhona Mamatovaga muxlislik qilamiz. Dzyudochilarimizga g'alaba va omad yor bo'lsin.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-48 kg: Sevinch Murodova — Natalya Stokloza (Polsha)
-48 kg: Laziza Haydarova — Aksina Petkova (Bolgariya)/Anat Tsirlin (AQSH)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva — Seyma Yildirim (Turkiya)/Nevena Milich (Serbiya)
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Elena Guarduchchi (Italiya)
-52 kg: Muhayyo Axmatova — Luchiana Katana (Ruminiya)/Paula CHakoriz (Ispaniya)
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova — Mariya Gogua (Greciya)/Fationa Kasapi (Kosovo)
-52 kg: Sita Kadambaeva —Meryem Arslan (Turkiya)/Kalina Grigorova (Bolgariya)
-57 kg: Rayhona Mamatova — Romi Dori (Isroil)

Fikrlar