11 noy 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Sohiba Ro'zmetova Osiyo chempionatining kumush medalini qo'lga kiritdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida Osiyo chempionati yakuniga etib bormoqda.
Bugun ayollar o'rtasida final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqada -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sohiba Ro'zmetova hindistonlik Lovlina Borgoxainga qarshi ringga ko'tarildi va afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu orqali Sohiba Osiyo chempionatining kumush medali egasiga aylandi.
Avvalroq Navbahor Hamidova oltin, Farzona Fozilova bronza medalini qo'lga kiritganligi haqida xabar qilgandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar