So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

01 avg 15:41
Yangiliklar

Boshqalar

Sohil o'yinlarining musiqasi tayyor. Ammo...

Teglar :  Sohil o'yinlari
Avvalroq Osiyo olimpiya kengashi joriy yilning 28 noyabr – 6 dekabr kunlari Xitoyning Sane shahrida o'tkazilishi kerak bo'lgan VI sohil o'yinlari keyingi yilga qoldirilishi haqida xabar tarqatgan edi. Biroq...

Kecha Sohil o'yinlari tashkiliy qo'mitasi faoliyat boshlaganligining bir yilligi munosabati bilan Xitoydagi axborot vositalari orqali Sane o'yinlari rasmiy musiqiy jamlanmasining taqdimotini o'tkazdi.

“Saneda ko'rishamiz” deb nomlangan musiqiy jamlanma taniqli qo'shiqchi CHjen Xaya ijrosida ingliz tilida ijro etilgan bo'lib, musiqiy va tasvir jihatdan o'yinlarning barcha jihatlari qamrab olingan. Jumladan, unda ishtirok etadigan valantyorlardan tortib barcha xizmatchilarning harakat doirasi, hudud tarixi va boshqa ko'plab omillar alohida-alohida video roliklar orqali namoyish etilgan.

Osiyo olimpiya kengashi va ushbu musobaqaga dahldor xalqaro sport tashkilotlari Xitoy tomonining ushbu harakatidan tajjubini yashirmadi. Koronavirus sababli sohil o'yinlarining 2021 yilga qoldirilishi bo'yicha kerakli xujjatlar imzolanayotgan bir paytda Sane sport tadbirlari “musiqiy bo'y ko'rsatishi” uning qayta kun tartibiga ko'tarilayotganidan dalolatdek tasavvur uyg'atmoqda. 

SHu o'rinda aytish lozimki, koronavirusning keng yoyilishi oqibatida bundan bir oy muqaddam Xitoy hukumati 2020 yil davomida mamlakatda bo'lib o'tishi belgilangan sport tadbirlarini bekor qilish bo'yicha tegishli qaror chiqargan edi. Natijada bir qator xalqaro sport tashkilotlari joriy yil Xitoy hududida o'tadigan tadbirlarni keyingi yilga kuchirilganligi bo'yicha rasmiy bayonotlar berishdi.

Jumladan, taqvim rejaga asosan Xitoyning janubiy Xaynan orollariga tegishli Sane shahrida o'tkazilishi belgilangan VI sohil o'yinlarini keyingi yilning qaysi sanalariga ko'chirish borasida Osiyo olimpiya kengashida malum ishlar qilinayotgandi. 

Osiyo olimpiya kengashining ocasia.org sayti tarqatgan xabarga ko'ra, Sohil o'yinlari tashkiliy qo'mitasining ushbu harakati barchani tajjubli holga qo'ygani sababli OOK Xitoy vakillari bilan muzokaralarga kirishmoqda.

To'lqin RO'ZIEV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing