04 iyu 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
Son Koreyadagi eng oliy sport mukofoti bilan taqdirlandi
“Tottenxem” azosi Son Xyon Min APLda “Oltin butsa”ni qo'lga kiritgan ilk osiyolikka aylandi.
U mazkur ko'rsatkich orqali o'z vatani Janubiy Koreyadagi eng oliy sport mukofotiga sazovor bo'ldi. 29 yoshli futbolchi Braziliyaga qarshi (1:5) o'rtoqlik uchrashuv oldidan J.Koreya prezidenti Yun Sok Yol tomonidan “Cheongnyong” medali bilan taqdirlandi.
Mazkur nufuzli mukofotning avvalgi g'oliblari qatorida figurali uchish bo'yicha 2 karra olimpiya chempioni Kim En A va golfchi Park Seri nomlari bor.
Eslatib o'tamiz, Son Xyon Min Angliya chempionati 2021/22 yilgi mavsumida barcha 23 golini (penaltisiz) o'yindan urdi.
Havola :
Fikrlar