19 fev 11:18
Yangiliklar
Futbol

Son: "Menga Beyl bilan birga o'ynash yoqdi"
"Tottenxem" futbolchisi Son Xyon Min "Volfsberg" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Ilk daqiqalardanoq g'alaba qozonmoqchi ekanligimizni ko'rsata oldik, bu muhim edi. Nafaqat 1:0, yoki 2:0 vaqtida, balki o'yin boshidanoq biz ajoyib kayfiyatda harakat qildik. Birinchi bo'limdayoq uchta gol urish - baribir boshqacha.
Biz Garet bilan yaqinmiz. U maydonga tushib, gol urgani va golli uzatmani amalga oshirganidan juda xursandman. Menga Beyl bilan birga o'ynash yoqadi. Bu menga g'urur bag'ishlaydi", - dedi koreyalik futbolchi.
Havola :
Manba : uefa.com
Fikrlar