19 dek 17:10
Yangiliklar
Futbol

Son Xyon Min Janubiy Koreyada yil o'yinchisi deb topildi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Janubiy Koreyada yil futbolchisi deb etirof etildi.
Bu haqda Koreya futbol associaciyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Yarim himoyachi bu mukofotni 2013, 2014 va 2017 yillarda ham qo'lga kiritgan. SHuningdek, 4 karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assistga erishdi.
Son Xyon Min o'ynayotgan "Tottenxem" jamoasi hozirda APL turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Osiyolik futbolchi APLda assistlar soni (7ta) bo'yicha Kevin De Bryuyne (9ta)dan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar