03 sen 09:56
Yangiliklar
Song Nurmagomedov ustidan qozonilgan g'alaba tasodifiy emasligini isbotladi
Xitoylik jangchi o'z g'alabasi tasodifiy emasligi haqidagi davosiga yaqqol dalil keltirdi.
"Hech narsa tasodif emasdi. Men nima qilishim kerakligini aniq bilardim. Men tayyor edim", — deb yozdi Song ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. U jang oldidan qizdirilish mashg'ulotlari aks etgan videoni elon qildi, unda sportchi rossiyalik jangchini nokautga uchratgan o'ng qo'l zarbasi bilan yakunlanadigan apperkotlar seriyasini mashq qilayotganini ko'rish mumkin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta SHanxayda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 286 turnirining markaziy jangida Nurmagomedov va Song to'qnash kelishdi. Jang ikkinchi raundning 1-daqiqasi 48-soniyasida xitoylik jangchining nokaut evaziga g'alabasi bilan yakunlandi.
Song Yadong rossiyalik jangchiga muddatidan oldin mag'lubiyat etkazgan birinchi sportchiga aylandi. Bungacha Umar Nurmagomedov faqat bir marta — UFC engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan jangda Merab Dvalishviliga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar