17 avg 10:57
Yangiliklar
So'nggi kunni nisbatan omadli o'tkazgan Abdusattorov Saint Louis Rapid & Blitz turnirini nechanchi o'rinda yakunladi?
Saint Louis Rapid & Blitz musobaqasi "Grand Chess Tour" loyihasi doirasidagi to'rtinchi turnir bo'lib, uning mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bosh sovrin uchun birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib bordi.
Turnir aylanma formatda, rapid va blic yo'nalishlarida vaqt nazoratida o'tkazildi. Grossmeysterlar 9 tur rapid, 18 tur blic yo'nalishida o'zaro dona surishdi. Musobaqaning dastlabki uch kuni rapid, oxirgi ikki kuni blic bahslari o'tkazildi.
Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), Levon Aronyan, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Lener Dominges, Uesli So (hammasi AQSH), Maksim Vashe-Lagrav, Alirizo Firuzja (ikkisi Franciya), Yan Nepomnyashiy (FIDE), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston)
Turnirning so'nggi kuni Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy, Fabiano Karuana, Alirizo Firuzja, Maksim Vashe-Lagrav, Levon Aronyanni mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbekka yutqazganiga qaramay, Firuzja 13 ochko bilan turnir chempioniga aylandi. CHempiondan 3 ochko kam jamg'argan Uesli So ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Hikaru Nakamura kuchli uchlikka yakun yasadi. Hamyurtimiz esa 10 nafar ishtirokchi orasida 8-o'rin bilan kifoyalandi.
Fikrlar