So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 may 09:56
Yangiliklar

Boshqalar

Sovg'aga “Neksiya” va “Spark” qo'yilgan Mo'ynoq Rallisi yakunlandi FOTOGALEREYA

Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumanida 420 kilometrlik masofada o'tkazilgan ralli musobaqasi bo'lib o'tdi.

Kecha ilk bor tashkil etilgan katta masshtabdagi poyga musobaqasining tantanali yopilish hamda taqdirlash marosimi o'tkazildi. Poyganing yopilish marosimida musobaqa  g'oliblarini Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqari Kengesi raisi Erniyazov Musa Tajetdinovich tabrikladi. Madaniyat vazirligi tomonidan koncert dasturi tashkil etildi.

Ikki toifada o'tkazilgan musobaqaning g'oliblariga “Prezident sovg'asi” sifatida “Neksiya” hamda “Spark” avtomobillari topshirildi. “A-8” toifali, motor sig'imi 1600 sm3 gacha bo'lgan avtomobillar o'rtasida jizzaxlik Furqat Axrorqulov g'olib bo'ldi va “Spark” mashinasini qo'lga kiritdi.

“A-9” toifali, motor sig'imi 2000 sm3 gacha bo'lgan avtomobillar poygasida Andijon viloyatidan Sardor Xo'jaev g'olib bo'ldi va “Neksiya” avtomashinasiga ega chiqdi. Ikkinchi va uchinchi o'rin egalariga mos ravishda 15 hamda 7 million so'mdan pul mukofotlari topshirildi. 

“Ralli Mo'ynoq-2019” g'oliblari:

“A-8” toifali avtomobillar o'rtasida, motor sig'imi 1600 sm3 gacha

1-o'rin: Jizzax viloyatidan Furqat Axrorqulov (shturman: Asqar Hasanov), “Spark” avtomashinasi

2-o'rin: Qoraqalpog'iston Respublikasidan Timur Narziqulov (shturman: Qilichbek Narziqulov), 15 mln.so'm

3-o'rin: Andijon viloyatidan Ibrohim To'ychiev (shturman: Abdumannon Kazakov), 7 mln.so'm

“A-9” toifali avtomobillar o'rtasida, motor sig'imi 2000 sm3 gacha

1-o'rin: Andijon viloyatidan Sardor Xo'jaev (shturman: Akmal Jo'raev), “Neksiya” avtomashinasi

2-o'rin: Toshkent shahridan Jahongir Jabborov (shturman: Rauf Gasanov), 15 mln.so'm

3-o'rin: Namangan viloyatidan Alikay Xayrullaev (shturman: Rahim SHermatov), 7 mln.so'm

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing