02 may 15:26
Yangiliklar
Futbol

"Spartak" O'runovni qanchaga sotmoqchi bo'layotgani malum bo'ldi
"Spartak" yarim himoyachi Oston O'runovni 3 mln evroga sotmoqchi.
"Ufa" bosh direktori SHamil Gazizov 20 yoshli xavbekni sotib olish istagi borligini malum qilgandi. Ayni damda Oston "Ufa" tarkibida ijarada o'ynamoqda.
Qayd etilishicha, "Spartak" "Ufa" klubiga futbolchining 3 mln evro evaziga sotib yuborilishi borasida so'rov jo'natgan. "Ufa" esa javoban futbolchini 1 mln evroga sotib olmoqchi ekanligini yozgan.
O'runov 2020 yilning avgustida 1 mln evro evaziga "Spartak"ka ko'chib o'tgandi. Fevralda esa ijara asosida "Ufa"ga qaytdi.
Havola :
Manba : РБ Спорт
Fikrlar