30 okt 17:32
Yangiliklar
Futbol
"Spartak" sobiq futbolchisi: "Fayzullaev yozda Top-5 chempionatga yo'l olishi mumkin"
Moskvaning "Spartak" klubi sobiq futbolchisi Eduard Mor Abbos Fayzullaevning 2024 yilgi Osiyoning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" sifatida tan olinishiga o'z munosabatini bildirdi.
"Fayzullaev istiqboli bor futbolchi. U kichkina, ozg'in bo'lishiga qaramay, kurashlarda samarali harakat qiladi. Qaysidir manoda noodatiy harakatlari bor. Maydon markazida o'yinni yaxshi rivojlantirish va keskinlashtirish qobiliyatiga ega. Abbos bu mukofotga loyiq edi.
Ishonamanki, u yozda Top-5 chempionatlaridan jiddiyroq Evropa klubiga ketadi",- deydi Eduard Mor "Match TV"ga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar