17 mar 18:44
Yangiliklar
Boshqalar
Sport talim muassasalarida dezinfekciya ishlari amalga oshirilmoqda
Hozirgi kunda butun dunyoga xavf solayotgan COVID-19 virusi sababli 2020 yil 16 mart sanasidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport talim muassasalari nomalum muddatga yopilganidan xabaringiz bor.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan vazirlik tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha talim muassasalari, jumladan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBO'SMlar, BO'SMlaridagi pullik va bepul to'garaklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha to'garaklar nomuayyan muddatga tatilga chiqarilgan edi.
SHu sababli sport talim muassasalarida karantin elon qilinib, sport zallar, o'qish xonalari va suzish havzasidagi suvlar bo'shatilib dezinfekciya ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahri
Qashqadaryo viloyati
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar