So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

12 sen 11:27
Yangiliklar

Boshqalar

“Sport targ'ibotini o'zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo'shiling!”

Sport vazirligi xodimlari "Sport targ'ibotini o'zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo'shiling!" shiori ostida badantarbiya mashg'ulotini o'tkazishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 yanvardagi “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish to'g'risida”gi qarori bilan aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishni tizimli yo'lga qo'yish, jamiyatda sog'lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, talim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish vazifasi belgilab berilgan edi.

Mazkur qaror ijrosini taminlashda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o'rnak bo'lishga intilmoqda.

Jumladan, vazirlik xodimlari ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari tizimli yo'lga qo'yilgan. Ana shunday mashg'ulotlardan navbatdagisi “Sport targ'ibotini o'zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo'shiling!” shiori ostida o'tkazildi. Unda vazirlik tizimidagi barcha boshqarma va bo'limlarning xodimlari faol ishtirok etdi.

Jismoniy mashqlar tizimining eng ahamiyatli turlaridan biri – bu ertalabki badantarbiya mashqlari hisoblanadi. Ertalabki badantarbiya mashqlari odam tanasi uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, uyqu tasirida sustlashgan organizmni faol harakat qilishga o'tish imkonini yaratadi.

Ertalabki jismoniy mashqlarning inson salomatligi uchun foydali ekanligi ko'plab omillar asosida o'z tasdig'ini topgan. Eng muhimi – bu ishlash, o'qish hamda foydali mashg'ulotlar bilan shug'ullanish qobiliyatini kuchaytiradi.

Jismoniy-t-v-gimnastika (1).jpg

Jismoniy-t-v-gimnastika (5).jpg

Jismoniy-t-v-gimnastika (7).jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing