10 dek 17:48
Yangiliklar
Boshqalar

Sport tarixidagi rekord shartnoma imzolandi
Dominikanlik beysbolchi Xuan Soto sport tarixidagi eng katta gonorarga ega bo'ldi.
U "Nyu-York Mets" beysbol klubi bilan 765 million AQSH dollari miqdoridagi shartnomaga imzo chekdi. Sotoning shartnomasi o'tgan yilgi rekordni yangiladi. Yaponiyalik Sexey Otani "Los-Anjeles Dodjers" beysbol klubi bilan 10 yilga mo'ljallangan 700 million dollarlik shartnoma imzolagandi.
Malumot uchun, 26 yoshli Xuan Soto 2019 yilda "Vashington Neshionals" tarkibida Jahon Seriyasi g'olibi bo'lgan edi. U Milliy beysbol ligasida 2018 yildan beri o'ynab kelyapti.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar