So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

02 noy 08:57
Yangiliklar

Voleybol, Xokkey

Sport vaziri yangi lavozimga ega bo'ldi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda vazirlik mutasaddilari hamda federaciyaning ijroqo'm azolari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda O'zbekiston voleybol federaciyasining 11 kishidan iborat ijroiya qo'mitasi azolaridan 9 nafari hozir bo'ldi. Kvorum azolari sonining etarli ekanligi esa Konferenciya qonuniy ravishda o'tganligini anglatadi.

Konferenciya kun tartibidan uchta masala o'rin olgan edi:

1. Federaciyaning 2018-2019 yillardagi faoliyati yuzasidan hisoboti;

2. Federaciyaga yangi prezident saylash;

3. Turli masalalar.

Kun tartibiga kiritilgan birinchi masala bo'yicha O'zbekiston voleybol federaciyasi ijrochi direktori Farhod Alimovning hisoboti tinglandi. Maruzachi o'z nuqtida o'tgan davrda amalga oshirilgan ishlarga alohida to'xtalib, sohada yo'l qo'yilgan kamchiliklardan ham ko'z yummadi.

Konferenciyada tashkiliy masala ko'rib chiqildi. SHu kungacha federaciya prezidenti lavozimi vakant bo'lib turganligi sababli O'zbekiston voleybol federaciyasi bosh kotibi Daniyar Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan maqullandi hamda Dilmurod Hamidullaevich O'zbekiston voleybol federaciyasining prezidenti etib saylandi.

Yig'ilishda so'z olgan Dilmurod Nabiev voleybol mamlakatimizda keng ommalashgan va eng sevimli sport turlaridan biri sanalsa-da, biroq uning rivojlanish darajasi boshqa o'yin turlari bilan solishtirganda sezilarli darajada ortda qolayotganini keskin tanqid qildi va endilikda barcha bir yoqadan bosh chiqargan holda ushbu Olimpiya sport turini yangi bosqichga olib chiqish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

SHuning bilan O'zbekiston voleybol federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing