31 iyu 18:50
Yangiliklar
Sport vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Nabiev Dilmurod Hamidullaevich yangi rahbar etib tayinlandi.
Dilmurod Nabiev 2017 yilning iyunidan buyon O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi.
U biroz avvalroq ishdan ketgan SHoakram Isroilov o'rnini egalladi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O'FFning sobiq vice-prezidenti SHoakram Isroilov uning o'rnini egallagan, mart oyi boshida qo'mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo'lgandi.
Fikrlar