So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

23 mar 16:36
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchi qizlarga Prezident sovg'alari topshirildi

Teglar :  Prezident sovg'asi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida bo'lib o'tgan tadbirda shahardagi umumtalim maktablari, akademik licey va kasb-hunar kollejlarida talim olayotgan 1 ming 800 sportchi qizga Prezident sovg'alari topshirildi.


– Prezidentimiz tomonidan ko'rsatilayotgan bunday yuksak etibor va g'amxo'rlik biz, yoshlarni yanada puxta bilim olish, sport bilan muntazam shug'ullanishga undaydi, – deydi 26-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, penchak silat bo'yicha O'zbekiston chempioni Sarvinoz Ibrohimova. – Milliy qadriyatlarimiz va zamonaviy moda yo'nalishlariga mos sport liboslari barchamizga manzur bo'ldi.

Tadbirda mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, xotin-qizlar sportini rivojlantirish orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilayotgan alohida etibor yuksak samaralar berayotgani takidlandi.

– Bu boradagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirishda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning joriy yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi Namangan viloyati filiali direktori Akmalxon Mamadumarov. – Yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanayotgan sportchi yoshlarimiz qita va jahon chempionatlarida, nufuzli xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz dovrug'ini yanada oshirishga munosib hissa qo'shmoqda.

Viloyat sportchi qizlari mamlakat va xalqaro sport arenalarida salmoqli yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. Xususan, Braziliyada o'tgan XV Paralimpiya o'yinlari chempioni va rekordchisi Nozimaxon Qayumova, Janubiy Koreyada o'tkazilgan taekvondo WTF bo'yicha xalqaro turnir g'olibi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Sevinch Muhammadjonova, Hindiston mezbonlik qilgan kurash bo'yicha jahon chempionati oltin medali sovrindori Muxlisa Abdumalikova, Qozog'istonda o'tkazilgan engil atletika bo'yicha xalqaro turnir g'olibi Nurxon Muhiddinova kabi sportchilar shular jumlasidandir.

Viloyatdagi talim muassasalarida tahsil olayotgan 233 mingdan ortiq o'quvchi qizning 40 mingga yaqini sport bilan muntazam shug'ullanmoqda. Navro'z bayrami arafasida viloyatdagi barcha maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari, akademik licey va kasb-hunar kollejlarining 12 mingga yaqin sportchi qiziga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan sport liboslaridan iborat Prezident sovg'asi topshirildi.

Akramjon Sattorov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing