So’nggi yangiliklar

19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 17:59"МЮ чемпионлик учун курашарди!" — Майкл Оуэн Кэррикнинг ишига юқори баҳо берди 0 17:38Евлоев Волкановскига жавоб берди: "Сени енгиш учун менга кураш керак эмас!" 0 17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0

03 may 17:40
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilar tomonidan Sardoba fojeasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami jo'natildi

Teglar :  Xayriya
Xalqimiz boshiga jiddiy sinovlar tushayotgan shu kunlarda O'zbekiston aholisi bir yoqadan bosh chiqargan holda bu musibatlarga qarshi birlashmoqda.

Bir necha kun oldin Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat ham jafokash xalqimizni bir maqsad yo'lida birlashtirdi. Bu fojea O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar va xodimlarini befarq qoldirgani yoʻq.

SHu munosabat bilan, 2 may kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, sportchilar va trenerlar Sardoba fojeasida jabr ko'rgan oilalarga yordam aksiyasini boshlashdi.

Ular tomonidan to'plangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Sahovat karvoni” kechaning o'zida Sirdaryo viloyatiga etkazib berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik ko'magi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi (Futbol mahorati maktabi) yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuaciya qilingan yurtdoshlarimizga etkazib berildi.

SHuningdek, bu erga joylashtirilgan fojeadan jabr chekkan yurtdoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qo'llab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari bo'yicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.

Bugun, 3 may kuni ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Sahovat” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida yig'ilgan ro'zg'or buyumlari, issiq kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, maktab o'quvchilari uchun badiiy kitoblar ham o'quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan ikkinchi “Sahovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga jo'natildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing