28 avg 20:20
Yangiliklar
Sportchilarimiz Osiyo o'yinlarining o'ninchi kunida ettita medalni qo'lga kiritishdi
Hamyurtlarimizning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
Kun yakunlariga ko'ra, etti nafar o'zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldi.
Oltin:
Maruf G'aybulloev (kurash)
Muhsin Hisomiddinov (kurash)
Gulnor Sulaymonova (kurash)
Kumush:
Sabina Tashkenbaeva (badiiy gimnastika)
Ruslan Bo'riev (kurash)
Bronza:
Nurbek To'raev (kurash)
Oysuluv Abdumajidova (kurash).
19:02. SHu tariqa, sportchilarimizning ishtirokiga bag'ishlangan matnli translyaciyamizni yakunlaymiz.
18:30. Sitora Hamidova 5000 metrga yugurishda sakkizinchi natijani ko'rsatdi.
18:02. Nigina SHaripova 200 metrga yugurish bahslarida yarim finalga chiqdi.
17:52. Bokschimiz Bobousmon Baturov Janubiy Koreya terma jamoasi azosi Xyun CHun Limdan 5:0 hisobida ustun keldi va yarim finalga yo'l oldi.
17:50. Kurashchimiz Gulnor Sulaymonova finalda hindistonlik Pinski Balharadan ustun keldi va Osiyo o'yinlarining oltin medaliga ega chiqdi!
17:47. +90kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov eronlik Jafar Pahlavonijagharga qarshi gilamga chiqdi va g'alaba qozondi! Yana bitta oltin!
17:39. Maruf G'aybulloev Osiyo o'yinlari g'olibi! U finalda Ruslan Bo'rievni mag'lub etdi va oltin medalini qo'lga kiritdi. Ruslan Bo'riev esa kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
17:32. Ayollar o'rtasida o'tkazilayotgan bahslarda esa Oysuluv Abdumajinova hindistonlik raqibiga yutqazib qo'ydi. Gulnor Sulaymonova esa boshqa bir hind sportchisini mag'lub etib, finalga yo'l oldi.
17:15. Kurashchimiz Nurbek To'raev eronlik raqibga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan kifoyalandi. Endi u finalda boshqa bir hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinovga qarshi jang qiladi.
17:05. Muhsin Hisomiddinov afg'onistonlik raqibdan ustun keldi va finalga chiqdi.
16:58. Maruf G'aybullaev eronlik raqibidan ustun keldi va finalga chiqdi. -66kg vazn toifasida o'zbekcha final ko'ramiz!
16:53. Kurashchimiz Ruslan Bo'riev Xitoy Taypeyi vakilini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.
16:42. Yarim finallar boshlandi. Hamyurtlarimizdan 3ta oltin, 3ta kumush kutamiz!
16:25. Sovrinli o'rinlar uchun bahslar birozdan so'ng boshlanadi.
16:20. Kurash. Olti nafar kurashchimizning barchasi yarim finalga yo'l oldi:
-66kg: Ruslan Bo'riev - Xaocheng CHang (Xitoy Taypeyi)
-66kg: Maruf G'aybulloev - Ganbarali Ganbari (Eron)
+90kg: Muhsin Hisomiddinov - Mansur Sarvari (Afg'oniston)
+90kg: Nurbek To'raev - Jafar Pahlavonijaghar (Eron)
-52kg: Gulnor Sulaymonova - Malaprabha Yadhav (Hindiston)
-52kg: Oysuluv Abdumajidova - Pinski Balhara (Hindiston)
15:40. Badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva yakkalik bahslarida 65,850 natija ko'rsatdi va kumush medal sohibasiga aylandi. Nurinisso Usmonova esa to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi.
14:40. -66kg vazn toifasidagi sportchilarimiz Maruf G'aybullaev Filippin, Ruslan Bo'riev esa Nepal vakilini mag'lub etib, chorak finalga chiqdi.
14:18. -52kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchimiz Gulnor Sulaymonova indoneziyalik mezbon sportchini mag'lub etdi va 1/8 finalga yo'l oldi.
13:23. Kurash. Nurbek To'raev ilk jangida livanlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va 1/8 finalga yo'l oldi.
12:57. Kurash. -66kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir sportchimiz Ruslan Bo'riev 1/16 finalda mo'g'ulistonlik Saasandshah Jargalsaixanga qarshi gilamga chiqdi va 10:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi davraga yo'l oldi.
12:41. Badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkebaeva o'z salash bosqichida eng yaxshi natija bilan finalga yo'l oldi. Soat 13:00da medallar uchun chiqish boshlanadi.
12:05. Osiyo o'yinlarida ilk marotaba o'zbek milliy kurashi! Maruf G'aybullaev mezbon sportchini 10:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va nimchorak finalga yo'l oldi.
11:58. Bokschimiz SHunqor Abdurasulov qirg'izistonlik raqibga qarshi ringga chiqdi va 3:2 hisobida g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasiga ega bo'ldi.
11:14. Jasurbek Latipov chorak final doirasida indoneziyalik Aldoms Suguroga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi
09:32. Bokschilarimiz esa soat 11:00dan boshlab ishtiroklarini boshlaydilar. Roppa-rosa 11:00da Jasurbek Latipov ringga ko'tariladi. Soat 11:45da SHunqor Abdurasulov, 17:15da esa Bobousmon Baturov yarim final chiptasi uchun ringga chiqadilar.
09:30. Malumot uchun, bugun ilk marotaba Osiyo o'yinlarida o'zbek millik kurashi bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. Bellashuvlarga soat 12:00dan boshlab start beriladi. Bugungi bahslarda milliy kurashimiz bo'yicha 6 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
09:24. Ekaterina Voronina engil atletikaning ko'pkurashida ishtirokini boshlab yuborgan.
09:17. 200 metrga yugurish bahslarining saralashida ishtirok etgan Nigina SHaripova yarim finalga yo'l oldi. U o'z guruhida birinchi bo'lib marraga etib bordi.
09:10. Assalomu alaykum. Osiyo o'yinlarining bugungi kunidan matnli translyaciyani boshlaymiz.
Engil atletika:
Nigina SHaripova (200m yugurish, saralash va yarim final)
Ekaterina Voronina (ko'pkurash: balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200m yugurish)
Sitora Hamidova (5000m yugurish)
Badiiy gimnastika:
Sabina Tashkenbaeva (yakkalik, final)
Nurinisso Usmanova (yakkalik, final)
Kurash:
(saralash va final)
-52kg: Gulnor Sulaymonova
-52kg: Oysuluv Abdumajidova
-66kg: Maruf G'aybulloev
-66kg: Ruslan Bo'riev
+90kg: Nurbek To'raev
+90kg: Muhsin Hisomiddinov
Boks:
(chorak final)
-52kg: Jasurbek Latipov
-60kg: SHunqor Abdurasulov
-69kg: Bobousmon Baturov
Ot sporti:
(Jamoaviy)
G'ayrat Nazarov
Nurjan Tuyakbaev
Umid Komilov
Oqil Sobirjonov
Fikrlar
Е.Воронина. Кўпкураш (Баландликка сакраш – 08:30, ядро улоқтириш – 14:45, 200 м.га югуриш – 18:25).
С.Ҳамидова. 5000 м.га югуриш. 18:15.
Бадиий гимнастика. 13:00 – 18:00
Сабина Тошкенбоева, Нуриниссо Усмонова. Яккалик. Финал.
Кураш
О.Абдумажидова, Г.Сулаймонова. 52 кг. Саралашдан – финалгача. 14:00 – 16:00
Р.Бўриев, М.Ғайбуллаев. 66 кг. Саралашдан – финалгача. 14:00 – 16:00
Н.Тўраев, М.Ҳисомиддинов. 90+ кг. Саралашдан – финалгача. 14:00 – 16:00
Бокс
Ж.Латипов. Чорак финал. 11:00
Ш.Абдурасулов. Чорак финал. 11:45
Б.Батуров. Чорак финал. 17:15
От спорти
Ғ.Назаров, Н.Туякбоев, У.Комилов, О.Собиржонов. Жамоавий. (1-босқич. 06:00 – 08:00, 2-босқич. 12:00 – 14:00
Синхрон сузиш
А.Морозова, А.Елташева, Д.Шомирзаева. Саралашдан финалгача. 08:00 – 09:00, 12:00 – 13:00
Н.Шарипова. 200 м.га югуриш. Саралаш. 07:45. Яримфинал. 17:50
Е.Воронина. Кўпкураш (Баландликка сакраш – 08:30, ядро улоқтириш – 14:45, 200 м.га югуриш – 18:25).
С.Ҳамидова. 5000 м.га югуриш. 18:15.
Бадиий гимнастика. 13:00 – 18:00
Сабина Тошкенбоева, Нуриниссо Усмонова. Яккалик. Финал.
Кураш
О.Абдумажидова, Г.Сулаймонова. 52 кг. Саралашдан – финалгача. 08:00 – 16:00
Р.Бўриев, М.Ғайбуллаев. 66 кг. Саралашдан – финалгача. 08:00 – 16:00
Н.Тўраев, М.Ҳисомиддинов. 90+ кг. Саралашдан – финалгача. 08:00 – 16:00
Бокс
Ж.Латипов. Чорак финал. 11:00
Ш.Абдурасулов. Чорак финал. 11:45
Б.Батуров. Чорак финал. 17:15
От спорти
Ғ.Назаров, Н.Туякбоев, У.Комилов, О.Собиржонов. Жамоавий. (1-босқич. 06:00 – 08:00, 2-босқич. 12:00 – 14:00
Синхрон сузиш
А.Морозова, А.Елташева, Д.Шомирзаева. Саралашдан финалгача. 08:00 – 09:00, 12:00 – 13:00
16:15 Miraziz MirzahalilovKharkuu Erkh amar(mgl)
9 oltin
15 kumush
14 bronza