So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

09 fev 12:28
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilarimizni koronavirusga qarshi emlaymizmi?

Teglar :  Koronavirus
Hozirda dunyoning bir qator mamlakatlarida ko'plab ijtimoiy qatlam qatori sportchilarni ham koronavirusga qarshi emlash ishlari olib borilmoqda.

SHu o'rinda o'zbek sporti mutasaddilari, muxlislari, shuningdek, terma jamoamiz vakillarida ham atletlarimizni emlash masalasi bo'yicha savollar paydo bo'lmoqda. Kechashu va boshqa bir qator masalalar muhokamasiga bag'ishlangan MOQ Ijroiya qo'mitasi byurosining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov, rais o'rinbosarlari Saken Polatov, Azizjon Kamilov, SHerzod Tashmatov, Qo'mita qoshidagi Respublikasi sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi direktori Abdushukur Sadikov, shuningdek MOQ va tibbiyot markazining boshqa mutasaddilari ishtirok etishdi.

Byuro yig'ilishining asosiy mavzusi sportchilarimizni koronavirusga qarshi emlash bo'ldi. Uchrashuvda MOQ raisi ishtirokchilar, ayniqsa, tibbiyot sohasi mutasaddilarining fikrlarini o'rgandi.

Bu borada jahonda keng qo'llanilayotgan vakcinalar haqida mulohazalar olib borildi. Ishtirokchilarning deyarli barchasi, xususan, tibbiyot mutasaddilari bunga javoban xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda sportchilarimizni emlash tarafdori ekanliklarini bildirishdi. Faqat buning uchun qaysi vakcinani qo'llash, uning tasirlarini o'rganish kabi jihatlarni etiborga olish zarurligi takidlandi.

“Barcha jihatlarni chuqur tahlil qilgan holda sportchilarimizni emlashimiz kerak. Biroq bunda hukumatimiz, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan maslahatlashib olishimiz lozim. Juda nozik vaziyatdamiz. Sportchilarimizni emlamasdan ularni musobaqalarga chiqarish katta tavakkal bo'lib qoldi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Mazkur mavzu yuzasidan RSTIAM mutasaddilariga federaciya va associaciyalar rahbariyati, shifokorlari, murabbiylar bilan sportchilarni emlashga kimlar rozi ekanligini, bu borada Vazirlik mutasaddilarining fikrini o'rganish bo'yicha topshiriq berildi.

SHundan so'ng yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan suhbat davom etdi. Unda SHerzod Tashmatov dastavval Qo'mita qoshida tuzilgan Tezkor shtab faoliyati, uning xodimlariga yuklatilgan vazifalar bo'yicha hisobot topshirdi. Yig'ilish davomida federaciyalarning tayyorgarligini jamoalar mashg'ulotiga halaqit bermagan holda nazorat qilish, biriktirilgan koordinatorlarni qayta ko'rib chiqish va ularning faoliyati uchun tegishli vazifalarni belgilash borasida fikr va takliflar ilgari surildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing