So’nggi yangiliklar

22:49Мужибилло Турсунов WBC Гран-присида иккинчи бўлди 0 17:19Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим" 0 16:58Жошуа — Пол жангига спорт оламининг муносабати: "Қандай ажойиб сценарий" 0 16:37Дияр Нургожайга UFC'да яна бир марта имкон берилади, рақиб маълум! 0 16:16Жейк Пол - Энтони Жошуа жанги зарбалар статистикаси эълон қилинди 0 15:55"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди 0 15:45Шоҳасан ва Бобурнинг ғалабаси, Одилхоннинг мағлубияти ва бошқалар. Octagon 83 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:34Коди Гарбрандт кейинги жангини UFC 326 турнирида ўтказади 0 15:13Пэдди Пимблетт: "Гэтжи билан тик ҳолатда жанг қиламан" 0 14:52Жейк Полнинг ўтказиб юборилган зарба оқибатида жағи синиб кетгани айтилмоқда + ФОТО 0 14:31Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди 0 14:10Қозоғистон боксида допинг можароси: ЖЧ финалчиси дисквалификация қилинди 0 13:49Мужибилло Турсунов WBC Гран-приси финалида жанг қилади 0 13:28Жошуа ва Жейкнинг бугунги жанг учун гонорарлари айтилди 0 13:07"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди + ФОТО 0

08 iyu 16:30
Yangiliklar

Boshqalar

Sportimiz istiqboli uchun barchamiz masulmiz

Joriy yilning 3 iyunida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori imzolangan edi.


7 iyun kuni respublika sport jamoatchiligi Milliy olimpiya qo'mitasida to'plandi va mazkur hujjat hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi”ni hayotga tatbiq etish bo'yicha fikr-mulohaza almashib olindi.

Kengashda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Ahmadxodja Yunusxodjaev, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Alisher Sultanov qarorning dolzarbligi, o'ziga xos jihatlariga alohida to'xtalib o'tishdi.

Jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish, soha moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish davr talabi ekanligi etirof etib o'tildi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan taminlashga alohida etibor qaratilishi ayni muddao bo'lishi takidlandi.

Bundan tashqari, dasturda jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan talim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish belgilangani ularning faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun o'ziga xos poydevor bo'lishi muqarrar.

Dastur doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2017-2021 yillarda jami 995,2 milliard so'mdan ziyod mablag' sarflanishi, jumladan, 167 ta sport inshooti (90 ta sport majmuasi va 77 ta suzish havzasi)ni qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo'naltirilishi davlatimiz rahbariyatining ushbu sohaga nechog'lik katta etibor berayotganining ifodasi deyish mumkin.
SHu bilan bir qatorda dasturni so'zsiz bajarish uchun nimalarga etibor qaratish kerakligi kengash ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi. Vatanimiz sharafini nufuzli musobaqalarda munosib himoya qilgan sport yulduzlaridan jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasida samarali foydalanish, ularning mehnatini munosib rag'batlantirishga alohida etibor qaratildi.
Muhokamada sport boshqarmalari va federaciyalari vakillari, sport faxriylari va murabbiylar bilan bir qatorda olimpiada, jahon va Osiyo chempionatlari g'olib va sovrindorlari Hasanboy Do'smatov, Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov, Iroda To'laganova, O'tkirbek Haydarov, Armen Bagdasarov kabi mashhur sportchilar, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori SHoakrom Isroilov, Sertifikaciyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori SHavkat Sultanov, sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev va boshqalar so'zga chiqishdi.


Dastur bandlari ijrosini taminlash borasida uchrashi mumkin bo'lgan to'siqlar, hal qilinishi zarur muammolar ochiq muhokama qilindi, o'ziga xos tavsiyalar va takliflar o'rtaga tashlandi. Kengash ishtirokchilari sportga bo'lgan etibor va g'amxo'rliklari, sportimizni yangi bosqichga ko'tarishga asos bo'luvchi qaror qabul qilganliklari uchun muhtaram yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevga minnatdorchilik izhor qilishdi. Qaror va dastur doirasida belgilangan chora-tadbirlar ommaviy sportni rivojlantirish uchun zamin yaratishi, dasturning amalga oshirilishi uchun barchamiz masul ekanligimiz alohida takidlandi. Bu boradagi say-harakatlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalar o'tadigan arenalarda O'zbekiston bayrog'i ko'p marotaba baland hilpirashiga xizmat qilishi shubhasiz.

Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing