So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

02 sen 16:38
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec Parij-2024`da ishtirok etgan Olimpiya terma jamoamiz haqida qanday fikrda?

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec yaqinda championat.asia saytiga katta eksklyuziv intervyu berdi.

Ushbu intervyu davomida bosh murabbiyga Parijdagi Olimpiadada ishtirok etgan O'zbekiston OTJ haqida ham savol berildi.

- Olimpiya o'yinlarini ham kuzatdingizmi? O'zbekiston olimpiya terma jamoasining tarixiy ishtirokiga baho berib o'tsangiz. Bizga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Yomon ishtirok etmadik. "Nima etishmadi?", degan savolga javob berish noto'g'ri. Men kimlargadir baho berishni yoqtirmayman. Franciyada jamoa qanday holatda bo'lganidan ham xabarim yo'q. Ularning holatini bilmay turib, bir nima deyish noto'g'ri. O'zbekiston terma jamoasi har bir uchrashuvda raqibdan yomon o'ynamadi. O'yin sifati bo'yicha baho beryapman. Bunday darajadagi o'yin davomida ega bo'ladigan 1-2 ta xavfli vaziyatni golga aylantirish kerak xolos. Gol urmasangiz, g'alaba qozonishning iloji yo'q.

Olimpiada – ancha yuqori darajali musobaqa. Ayniqsa, Ispaniyadek raqib bilan bir guruhdan joy olish. Bu gapim bilan faqatgina Ispaniya terma jamoasi kuchli edi demoqchi emasman. Qolgan ikki jamoa ham raqobatbardosh edi. Meni O'zbekistonda hayratga soladigan bir jihat bor. Biz o'zimizni ustunroq qo'yamiz va raqibdan kuchli bo'lishni istaymiz.

Masalan, Dominikan Respublikasi, o'zbeklar uchun Dominikan qandaydir futboli kuchsiz oddiy bir mamlakat, lekin Dominikan ham rivojlanmoqda va ular ham futbol o'ynashni biladi. Biz har doim o'zimizni ustunroq qo'yamiz. Kimga qarshi o'ynaymiz? – Maldiv orollari, ular oson raqib, deb gapirib qo'yamiz, o'zimizcha. Raqib kim? – Dominikan. Ularga qarshi o'ynash oson, shunday fikrlarni har doim eshitaman. Dunyoning har bir mamlakatida futbol rivojlanmoqda. Barcha mamlakatlar terma jamoasini kuchaytirish maqsadida yuribdi. Barcha terma jamoalar yaxshi murabbiylarni taklif etmoqda va rivojlanish yo'lida tinmayapti. Biz har bir raqibni hurmat qilishimiz kerak. To'g'ri, 10-15 yil muqaddam terma jamoangiz o'sha raqibni 10:0 yoki 7:0 hisobida mag'lub etgan bo'lishi mumkin, ammo hozir zamon o'zgardi. Ikkinchi saralash bosqichida ham hech kim osonlikcha mag'lub etilgani yo'q, 7:0, 8:0 kabi yirik hisoblar qayd etilmadi", - dedi Srechko Katanec championat.asia saytiga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing