13 noy 16:39
Yangiliklar
O'q otish
Stendda otish bo'yicha O'zbekiston kubogi boshlandi
Toshkent viloyati O'rtasaroy aholi punktida joylashgan O'zbekiston o'q otish federaciyasi sport majmuasida stendda otish bo'yicha mamlakat kubogi uchun bahslar start oldi.
Unda 28 nafar ishtirokchi o'z omadini sinab ko'rmoqda. Tantanali ochilish marosimidan so'ng sportchilar dastlabki saralash bellashuvlarini boshlab yuborishdi.
Zamonaviy olimpiya o'yinlarida stendda otish bo'yicha uchta yo'nalish – doiraviy stend (skit) va transheyn stend (trap) bo'yicha g'oliblar aniqlanadi. Kubok bellashuvlarida sportchilar shuning ikkita mashqi – trap va skit yo'nalishlarida kuch sinashyaptilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar