10 mar 18:30
Yangiliklar
Futbol

Sterling 2016 yildan buyon eng tez qayd etilgan xet-trik muallifiga aylandi
APLning 30-turi doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Uotford"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Mezbonlar tarkibidagi barcha gollarni Rahim Sterling kiritdi. Futbolchi o'z xet-trikini 13 daqiqa 12 soniyada amalga oshirdi.
Bu 2016 yilning sentyabridan buyon qayd etilgan eng tezkor xet-trikka aylandi. O'shanda Romelu Lukaku "Everton" tarkibida "Sanderlend" darvozasini uch bora ishg'ol qilgandi.
Gvardiola shogirdlari 74 ochko bilan turnir jadvalining birinchi pog'onasida ketmoqda. Ulardan 4 ochko ortda qolayotgan "Liverpul" bugun "Bernli"ga qarshi bahs olib bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar