03 may 10:48
Yangiliklar
Futbol
Sterling PUMA bilan 100 million funtlik kelishuvga erishish arafasida
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim Sterling Germaniiyaning jahonga mashhur brendi – Puma kompaniyasi bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, angliyalik futbolchi Nike bilan kelishuvini uzaytirmasa, u Puma taklifini qabul qiladi va 10 yil davomida germaniyalik ishlab chiqaruvchi Sterlingga 100 million funt to'lab beradi.
Kelishuvga ko'ra, Sterling “Puma”ning global marketing strategiyasi yuziga va eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Germaniyalik ushbu gigant kompaniya “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomaga ega bo'lib, kelishuv 10 yilga mo'ljallangan va bu “shaharliklar” bundan 650 million funt daromad keltiradi.
Puma shuningdek, «Siti» ustozi Pep Gvardiola, forvard Serxio Aguero, yarim himoyachi David Silva, himoyachi Aleksandr Zinchenko bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda.
Havola :
Fikrlar