01 apr 09:46
Yangiliklar
Tennis

Stivens 10 kun ichida 1 mln 341 ming dollar ishlab oldi
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.
Sovrin jamg'armasi 7 972 535 dollarni tashkil etgan Miami Open musobaqasida WTA reytingida 12-o'rinni egallab turgan amerikalik Sloan Stivens dunyoning beshinchi raketkasi latviyalik Elena Ostapenkoni 7:6(5), 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Mayamidagi 10 kun davomidagi muvaffaqiyatli ishtirok 25 yoshli Stivensga 1 million 340 ming 860 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi. Bundan tashqari u ertaga elon qilinadigan yangi reytingda TOP-10ga kirib oladi.
Havola :
Fikrlar