27 avg 08:45
Yangiliklar
Tennis

Stivens jarohat sabab US Open turnirida ishtirok etmaydi
Amerikalik tennischi Sloan Stivens yilning to'rtta nufuzli turniridan biri AQSH Ochiq chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Bunga 23 yoshli tennischining o'ng oyog'idan olgan jarohati sabab bo'lmoqda. Sloan dunyoning 25-raketkas xisoblanadi. Stivensning ushbu turnirdagi eng yaxshi natijasi 2013 yilda bo'lgan. U o'sha yili to'rtinchi davragacha etib borgandi.
Malumot uchun, joriy 2016 yilda Stivens Oklend, Akapulko va CHarlston shaharlarida o'tkazilgan turnirlarda bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar