29 noy 07:01
Yangiliklar
Stol tennisi federaciyasi "Tokio-2020"ga tayyorgarlik bo'yicha hisobot topshirdi
Vatanimiz sportchilari bir yarim yildan so'ng Kunchiqar yurtda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida nafaqat licenziyalar, balki medallar soni va sifati bo'yicha ham rekordlarni yangilashni maqsad qilgan. Bu borada Milliy olimpiya qo'mitasida ish allaqachon boshlab yuborilgan. SHu maqsadda MOQda bir necha kundan buyon sport federaciyalari bilan uchrashuv tashkil qilinmoqda va Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik keng muhokama qilinmoqda.
Bu safargi yig'ilish O'zbekiston stol tennisi federaciyasi vakillari bilan o'tkazildi. Federaciya raisi Saida Mahmudova Milliy olimpiya qo'mitasi ishchi guruhini Tokio 2020 Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan reja bilan tanishtirdi. Sportchilarimizning bugungi kundagi holati, Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi musobaqalar haqida malumot berdi. SHuningdek, oldinda turgan muammolar, kamchiliklar tahlil qilindi.
Fikrlar