So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

18 may 14:57
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi. Qizlarimizdan hech kim Parij-2024 Olimpiadasiga bormaydi, yigitlarda imkoniyat bor

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi bo'yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqaviy saralash turnirida ishtirokchilar uchta guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishishgandi. Bugun o'tkazilgan guruh bosqich bahslaridan so'ng pley-offga yo'l olgan stol tennischilar malum bo'ldi. 

Afsuski, saralashni ikkita g'alaba bilan boshlagan hamyurtimiz Rozalina Xadjieva ikkita g'alabadan keyin eronlik raqibasiga yutkazib qo'ydi. Yakunda uchchala tennischi ham 5 ochkodan to'pladi. Setlardagi farq bo'yicha qozog'istonlik Sarvinoz Mirkadirova va eronlik Mahshid Ashtari 1/2 finalga yo'l oldi. Rozalina alamli tarzda guruh bosqichida qolib ketdi. Yana bir vakilamiz Marhabo Magdieva ham omadsizlikka uchradi. 

 

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Rio Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Zohid Kenjaev hamda SHohruh Iskandarov 1/4 final ishtirokchisiga aylanishdi. Iskandarov eronlik Nima Alamyanga qarshi bahs olib boradi. G'alaba qozongan taqdirda, uni 1/2 finalda qozog'istonlik Kirill Gerasimenko kutib turibdi. Kenjaev esa qirg'izistonlik Azamat Ergashev bilan to'qnash keladi. Ushbu juftlik g'olibi 1/2 finalda eronlik Noshad Alamyan bilan hisob-kitob qiladi. 

Eslatib o'tamiz, erkaklar va ayollar turnirida faqat g'oliblargina Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritadi. Yarim final va final uchrashuvlari ertaga o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing