10 apr 17:34
Yangiliklar
Stol tennisi yulduzlari: Ettita olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan Zoran Primorac
Bugun etti karra yozgi olimpiya o'yinlarida uzluksiz qatnashgan Zoran Primorac haqida fikr yuritamiz. Zoran 1969 yilning 10 may kuni Sobiq Yugoslaviyaning Zadar shahrida dunyoga keladi. Primorac yoshligidan stol tennisiga mehr qo'yadi va 7 yoshidan ping pong bilan shug'ullanishni boshlaydi. Faoliyati davomida ko'plab xalqaro turnirlarda , xususan sakkiz marta “ITTF World Tour” turnirning bosh sovriniga ega chiqadi. SHuningdek, Primorac ettita olimpiya o'yinlarida uzluksiz qatnashishga erishadi. Bunday natijaga stol tennisi tarixida atigi 3 nafar sportchi erishgan. Faoliyatini 2012 yilda yakunlaydi. Hozirda Xalqaro stol tennisi federaciyasining ijro qo'mitasida faoliyatini davom ettirmoqda.
Erishgan yutuqlari:
Olimpiya o'yinlarining vice-chempioni
Evropa chempioni
Jahon chempionatining vice-chempioni
Jahon kubogi sohibi
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar