29 jan 09:37
Yangiliklar
Tennis

St.Petersburg Ladies Trophy. Zvonaryovada ishonchli g'alaba
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 97-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Vera Zvonaryova ilk davrada hamyurti reytingning 61-pog'onasidan joy olgan Ekaterina Makarovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zvonaryova 6/3, 6/4 hisobida g'alaba qozondi. Endi u St.Petersburg Ladies Trophy turnirining ikkinchi davrasida greciyalik Mariya Sakkari hamda germaniyalik Yuliya Gyorges uchrashuvi g'olibasi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar