26 fev 21:35
Yangiliklar
"Stranja". O'zbek bokschilari 5 ta finalning barchasida g'alaba qozonishdi. Oltinchi final esa ertaga bo'ladi
Kun davomida 5 nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tarildi va ularning barchasi o'z janglarida g'alabaga erishdi.
-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Dmir Abdikadir (Qozog'iston) - Hasanboy Do'smatov g'alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo'ldi
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Xaver Dias (Bolgariya) - Abdumalik Xalakov 4:1 hisobida g'alaba qozondi. IKKINCHI OLTIN!
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Yaroslav Xarciz (Ukraina) - Mujibillo Tursunov ukrainalik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etib, O'zbekistonga uchinchi oltin medalni taqdim etdi!
-80 kg: Odiljon Aslonov - Kristian Nikolov (Bolgariya) - Odiljon Aslonov 4:1 hisobida g'alaba qozondi. To'rtinchi oltin!
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Radoslav Pantaleev (Bolgariya) - Madiyar Saidrahimov 4:1 hisobida g'alaba qozondi! Beshinchi jangda beshinchi g'alaba!
Umumiy hisobda O'zbekiston terma jamoasi 6 ta vaznda final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
+92 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov ertangi dasturda - 27 fevral kuni oltin medal uchun jang o'tkazadi.
Bungacha Tursunoy Rahimova bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar