11 noy 07:02
Yangiliklar
Strayklar seriyasi: O'zbekistonlik boulingchi ilk marotaba jahonning eng kuchlilari safida
Musobaqada jahonning 133 mamlakati qatorida o'zbekistonlik boulingchilar ham yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Terma jamoamiz safida Davron To'ychiev, Ravshan Abdusamadov, Olim Muxtorov, Abduraxim Abdujabborov va Zokir Egamberdiev bahslarda qatnashmoqda.
Quvonarlisi, Davron To'ychiev va Ravshan Abdusamadov tandemi saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazib, guruh bosqichiga yo'l olishdi.
Guruh bahslarida esa hamyurtimiz Davron To'ychiev barcha urinishni muvaffaqiyatli yakunlab, kun yakuniga ko'ra eng yaxshi natijani qayd etdi. Yani u 12 ta straykni amalga oshirib, yig'ish mumkin bo'lgan 300 ochkoni to'play oldi. To'ychiev bu natijani AQSH vakili Endi Jonsonga qarshi bahsda ko'rsatdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Qayd etish lozimki, boulingchilarimiz bungacha kuchli 32 nafar sportchi ichiga kirishmagandi.
Fikrlar