25 iyu 13:35
Yangiliklar
Futbol

Suares "Barselona"dan ketishini malum qildi
Yarim himoyachi Denis Suares "Barselona"dan ketishini malum qildi.
- Men "Barselona"ni tark etmoqchiman. "Selta"? Bu faoliyatimni davom ettirishim uchun mavjud variant. "Selta"da o'ynashga umid qilaman, ammo qachonligini bilmayman. Menda boshqa chempionatlardan takliflar bor, lekin o'zim La Ligada qolishni xohlayapman, - deydi Suares.
Suares "Barselona"ga 2016 yilda "Vilyarreal"dan o'tgan edi. U 2018/19 yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Arsenal"da ijara asosida o'tkazdi. Xavbek "kanonirlar" safida umumiy 95 daqiqa harakat qildi xolos.
Futbolchiga shuningdek "Valensiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchini bosh murabbiy Marselino o'z jamoasida ko'rmoqchi. Ular oldinroq Suares "Vilyarreal"da o'ynab yurgan paytlarda birga ishlashgan.
Havola :
Fikrlar