12 sen 15:37
Yangiliklar
Futbol

Suares va Vidal bugungi o'yinda qatnashmaydi, ular jamoadan ketishga yaqin
"Barselona" hujumchisi Luis Suares hamda xavbeki Arturo Vidal bugun bo'ladigan "Ximnastik"ka qarshi sinov-nazorat o'yinida qatnashmaydi.
"RAC1" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar rahbariyati ushbu futbolchilarni sotib yuborish borasida ishlarni davom ettirmoqda. Urugvaylikka "Yuventus" hamda "Atletiko" davogarlik qilayotgan bo'lsa, Vidal "Inter"ga o'tishi kutilmoqda. CHililik futbolchi ketishi uchun "Barselona"dan tovon pulini so'ramayapti. Uning shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etishi kerak edi.
"Barselona" – "Ximnastik" uchrashuvi bugun 22:00da start oladi.
Havola :
Manba : RAC1
Fikrlar