04 avg 15:32
Yangiliklar
Futbol

Sudan prezidentiga Messining qalbaki dastxati tushirilgan futbolka sovg'a qilishdi
Yirik sarmoyador, yani investicion kompaniya xo'jayini Eliza Plasko Sudan prezidenti Umar al-Bashir bilan uchrashuv chog'ida davlat rahbariga “Barselona” sardori Lionel Messining qalbaki dastxati tushirilgan futbolkasini sovg'a qildi.
Matbuotda keng tarqalgan ushbu suratdan keyinchalik “Barselona” rahbariyati va shaxsan Messining o'zi xam xabar topdi. O'sha zahoti kataloniyaliklar rasmiy bayonot berib, Messi bu futbolga o'z dastxatini qo'ymaganini bildirishdi.
Hozircha Sudan prezidentlik devoni bu voqeylikka o'z munosabatini bildirmadi. Har qanday holatda ham Umar al-Bashirni chuv tushirishgani aniq.
Havola :
Fikrlar