25 sen 10:50
Yangiliklar
Dzyudo
Suhrob Tursunov – Zagreb Gran-prisi sovrindori!
Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni terma jamoamiz azosi Suhrob Tursunov uchun omadli keldi. 73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz nufuzli musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Suhrob avvaliga serbiyalik Lyubica Kovachevich, keyin chernogoriyalik Nikola Gusichni mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda shveciyalik polvonga yutqazib qo'ygan Tursunov o'tish bahslarida ishtirok etdi.
Dastlab amerikalik Aleksandr Turnerni taslim etgan dzyudochimiz keyin bronza medali uchun kechgan uchrashuvda kosovolik Akil Gjakovadan ustun keldi. Bu terma jamoamizning Zagreb Gran-prisidagi ilk medali bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar