29 dek 21:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Suhrobbek Atajanovning Octagon 68 turniridagi jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi
Xabar berganimizdek, ayni damda Toshkentdagi "Humo arena" majmuasi MMA bo'yicha Octagon 68 turniriga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqa asosiy kardining ikkinchi jangi o'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Suhrobbek Atajanov Qirg'iziston vakili Azizbek Keldibek Uuluga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raund etib belgilangan bahs to'liq davom etdi, yakunda Azizbek Keldibek Uulu hakamlarning bo'lingan qarori evaziga jangda g'alaba qozondi.
Bu Suhrobbekning to'qqizinchi jangdagi ikkinchi mag'lubiyatiga aylandi. U ilk mag'lubiyatini o'tgan yili yanvar oyida Amirxon Ataxanovdan qabul qilib olgandi.
Azizbek Keldibek Uulu esa yigirmanchi jangida o'zining o'n uchinchi g'alabasini nishonladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar