28 iyu 09:00
Yangiliklar

Sulsher Angliya tarixidan joy oldi
Angliya kubogi ¼ final bahsida “Manchester Yunayted” futbolchilari qo'shimcha taymlarda “Norvich”ni (2:1) taslim etib, turnir yarim finaliga yo'llanma oldi.
Uchrashuv davomida mankunianliklar ustozi Ole-Gunar Sulsher jamoasi tarkibida oltiti o'zgarishni amalga oshirdi (beshta futbolchi asosiy vaqtda, yana bir nafar qo'shimcha vaqtda). Bu holat Angliyada ilk marta kuzatildi.
Ilgariroq Sulsher APLda bir uchrashuvda beshta o'zgarishni amalga oshirgan ilk murabbiyga ham aylangandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar