29 dek 11:58
Yangiliklar
Futbol

Sulsher MYUda kim sardor bo'lishini malum qildi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole Gunar Sulsher jamoada kim sardor bo'lishini aytdi.
Unga ko'ra, tajribali yarim himoyachi Antonio Valensiya jamoaning birinchi raqamli sardori bo'lib qoladi.
“Antonio - “Manchester Yunayted”ning sardori! Agarda u yaxshi jismoniy holatga ega bo'lib, o'ynashga tayyor bo'lsa sardorlik bog'ichi unda bo'ladi. Hozir unga mavsumning eng qiyin qismiga tayyorlanish uchun bir nechta mashg'ulotlar lozim. Ammo men u kabi hujumda yaxshi o'ynay oladigan qanot himoyachilar ko'p deb ayta olmayman”, - dedi Sulsher.
Havola :
Fikrlar