06 sen 14:57
Yangiliklar
Futbol

Sulsher va MYU bir necha futbolchi bilan xayrlashishga tayyor
"The Athletic" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Old Trafford" madaniyatiga to'g'ri kelmaydigan, klub mentalitetiga mos bo'lmagan futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor turibdi.
Qayd etilishicha, Donni van de Bekning transferidan keyin mankunianliklar rahbariyati ushbu futbolchiga katta etibor beradi.
Murabbiy esa o'z navbatida kamchiliklari ko'p bo'lgan, g'alabaga tashna bo'lmagan futbolchilarni tarkibdan ketkazib yubormoqchi. "Yunayted" esa transferlar oynasi vaqtida yana xaridlarni amalga oshirishi kutilmoqda.
Oldinroq Jessi Lingard, Andreas Pereyra, Fil Jons kabi futbolchilar yozda jamoani tark etishi kutilayotganligi aytilgandi.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar